«inson huquqlari bo‘yicha kengash» tegli maqolalar


BMT Inson huquqlari kengashi RFning Ukrainadagi taxminiy jinoyatlarini tergov qilish uchun ovoz berdi
13 may 2022, 15:01

BMT Inson huquqlari kengashi RFning Ukrainadagi taxminiy jinoyatlarini tergov qilish uchun ovoz berdi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Rossiya tomonidan Ukrainada inson huquqlari buzilgani haqidagi taxminlarni tekshirish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. 33 ta mamlakat tergov uchun ovoz berdi, Xitoy va Eritriya qarshi chiqdi, 12 mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet «Kiyevning shimolidagi hududlarida suddan tashqari qotilliklar ko‘lami dahshatli» ekanligini ta’kidladi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi
7 aprel 2022, 23:23

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi a’zoligini to‘xtatdi

BMT Bosh Assambleyasi favqulodda maxsus sessiyasida Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatdi. Ukraina va 50 dan ortiq boshqa davlatlar taklif qilgan rezolyutsiyani 93 davlat qo‘llab-quvvatladi. 58 davlat betaraf qoldi, 24 delegatsiya, jumladan O‘zbekiston qarshi chiqdi.

Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun xalqaro komissiya tuzildi
4 mart 2022, 20:06

Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun xalqaro komissiya tuzildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni tekshirish uchun mustaqil xalqaro komissiya tuzishga qaror qildi. Ushbu qarorni 32 davlat yoqladi, Rossiya hamda Eritreya qarshi, 13 davlat esa betaraf bo‘lib ovoz berdi.

O‘zbekistonning Jenevadagi vakili BMTning Inson huquqlari bo‘yicha raisi o‘rinbosari etib saylandi
21 noyabr 2021, 21:14

O‘zbekistonning Jenevadagi vakili BMTning Inson huquqlari bo‘yicha raisi o‘rinbosari etib saylandi

O‘zbekistonning Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov 2022 yil uchun BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Nomzodni Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy guruhiga a’zo davlatlar bir ovozdan ma’qullagan.

BMT IHK yoshlar huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi
11 oktabr 2021, 12:56

BMT IHK yoshlar huquqlari bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan COVID-19 pandemiyasining yoshlar huquqlariga ta’siri to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting